"Chelsi" Tuxel qo'l ostida ilk marta ketma-ket uch o'yinda 8 gol o'tkazib yubordi

Mirjalol Normatov
12 dek 2021, 13:13
"Chelsi" kecha o'z maydonida "Lids"ni mag'lub etdi, 3:2.

Shu orqali londonliklar ketma-ket uch o'yinda 8 gol o'tkazib yubordi. Bu Tomas Tuxel boshqaruvidagi "Chelsi"da ilk marta kuzatilmoqda. Bunga qadar jamoa "Zenit" va "Vest Xem"dan uchtadan gol qo'yib yuborgandi.

So'nggi marta "Chelsi" Lempard qo'l ostida ketma-ket 3 o'yinda 7 gol qo'yib yuborgandi. 2020 yilning "Boxing day" kunlarida jamoa "Arsenal" va "Manchester Siti"dan 3tadan gol olib chiqqan, shuningdek, "Aston Villa" bir marta "Chelsi" darvozasini ishg'ol qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal