"Chelsi" Tuxel bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Alisher
12 may 2021, 08:48
"Chelsi" jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelga tez orada yangi shartnoma taklif qiladi.

Klub rahbariyati mutaxassisning ishlaridan qoniqmoqda, shu sabab unga bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma taklif qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Tuxel "Chelsi"ni shu yilning 26 yanvarida qabul qilib olgan va 18 oylik shartnomaga imzo chekkan edi.

Jamoa hozirda APLda 4-o'rinni egallab turibdi va Chempionlar Ligasi finalida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail