"Chelsi" Terri va Azar bilan shartnomani uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2017, 17:12
"Chelsi" himoyachisi va sardori Jon Terri kamida yana bir mavsum jamoada qolishi mumkin.

36 yoshli futbolchining shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi va rahbariyat u bilan kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirmoqchi. Terri 1995 yildan buyon "Chelsi"da o'ynaydi.

Terridan so'ng yarim himoyachi Eden Azar ham shartnoma imzolashi kerak. 26 yoshli belgiyalikning bitimi 2020 yilda yakuniga etadi, ammo Antonio Konte "Real" qiziqayotgan futbolchini olib qolishni so'radi.

London klubi rahbariyati Azarga haftalik maoshi 300 ming funt bo'lgan yangi bitim taklif qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT