"Chelsi" sobiq futbolchisi Qatar klubiga o'tishga yaqin

Khoja
4 sen 2024, 08:35
"Galatasaray" yarim himoyachisi Xakim Ziesh turk klubi bilan shartnomasini bekor qilishga yaqin.

 Yarim himoyachi faoliyatini Qatarning "Al Garafa" klubida davom ettirmoqchi. 

Xakim Ziesh o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 8 ta gol urgan va yana 4 ta golga assistlik qilgan. 

Jazoirlik futbolchi Turkiya klubiga "Chelsi"dan kelib qo'shilgandi. Uning Istanbul jamoasi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com