

"Ko'klar" "Sevilya" o'yinchisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda. 22 yoshli o'yinchi uchun kurashda London klubi "Manchester Yunayted" va "Real"ni ortda qoldirmoqda.
Shu bilan birga "Chelsi" Kundening 80 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashni xohlamayapti, shu sabab klub jamoa o'yinchilaridan birini taklif qilmoqda.
London klubi narxni pasaytirish uchun bitimga Xakim Ziesh, Temmi Abraxam, Temu Bakayoko, Mishi Batshuayi yoki Kepa Arrisabalagani qo'shishga tayyorlar.



