"Chelsi" qishda 100 million dollarlik transfer amalga oshirmoqchi

Nozimov Nig'monxo'ja
27 noya 2023
"Chelsi" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolamoqchi.

The Telegraph xabariga ko'ra, futbolchi London klubining qishdagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Osimhenning o'zi ham faoliyatini Londonda davom ettirishiga qarshi emas. Futbolchining yuqori bahosi - 100 million funt sterlingdan ko'prog'i bo'lishi kutilmoqda.

Viktor Osimxen 2020 yilning kuzida "Napoli"ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda Osimxen barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com