“Chelsi” navbatdagi transferga yaqin. Bu safargi xarid uchun 30 mln evro sarflanadi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2023, 09:00
Insayder Nikola Skiraning xabar berishicha, PSVning hujumkor yarim himoyachisi Noni Madueke faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi.

20 yoshli ingliz London grandi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, transfer esa 30 mln evroga amalga oshishi kutilmoqda. Mazkur xarid ushbu haftada e'lon qilinadi.

Madueke joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 5 bahsda qatnashib, bitta gol urdi. U “Kristal Pelas”, “Tottenxem” akademiyalarida tarbiyalangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira