

Avvalroq "The Athletic" nashri agar "Chelsi" futbolchi bilan 2024 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, Mauntni kelayotgan yozda sotishi haqida xabar bergandi.
"Liverpul" – Maunt uchun asosiy davogarligi va futbolchining o'zi ham Londonni tark etish haqida jiddiy bosh qotirayotgani aytilgandi.
Biroq "aristokratlar" jamoaga nomdor, kuchli murabbiy olib kelmoqchi hamda bu faktor Meysonning qaroriga ham ta’sir qilishi va yarim himoyachi qolishga rozi bo'lishiga ishonmoqda.



