"Chelsi" "Manchester Siti" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
15 may 2021, 12:26
"Manchester Siti" himoyachisi Benjamen Mendi boshqa bir ingliz klubiga o'tishi mumkin.

26 yoshli fransiyalik futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda.

Uning transfer narxi 23 million evroga baholanmoqda.

Himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News