

Milanning "Inter" klubi rahbariyati 33 yoshli fransiyalik futbolchini qishki transfer mavsumida jamoaga olib kelish taraddudini ko'rmoqda. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, londonliklar Jiru uchun 6-7 million atrofida mablag' talab qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jiruning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. U APLning joriy mavsumida maydonda 123 daqiqa harakatlandi, xolos.



