"Chelsi" "Inter" forvardi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
8 fev 2020
"Inter" forvardi Lautaro Martines "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Ko'klar" hujumda Temmi Abraxamga yordam bera oladigan yangi strayker izlashmoqda.

Londonliklar 22 yoshli argentinalik o'yinchini o'z saflariga qo'shib olishlari uchun o'z futbolaridan birini va qo'shimcha pul taklif qilishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Martinesga bundan tashqari "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

Lautaro joriy mavsum A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports