"Chelsi" ikki transferni amalga oshirishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 16:27
"Chelsi" yaqin vaqtlarda ikki markaziy yarim himoyachilar bilan kuchayishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, London klubi Leandro Paredes ("Zenit") va Nikolo Barelya ("Kalyari") kabi futbolchilarni transfer qilishga yaqin turibdi.

Ikki futbolchi Sarri davrida "Napoli"ga o'tishi mumkin edi. "Kalyari" futbolchisini 45 million evroga baholamoqda. Paredes esa 25 million evroga transfer qilinishi mumkin.

Bugun chiqqan xabarlarga ko'ra, "Chelsi" o'rniga futbolchi topmaguncha Sesk Fabregasni "Monako"ga transfer qilmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports