"Chelsi" hujumchisiga to'rt top-klub da'vogar

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 21:55
"Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayiga to'rt top-jamoadan takliflar bo'lmoqda.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, 24 yoshli belgiyalik futbolchiga "Everton", "Atletiko", "Valensiya" va "Sevilya" kabi jamoalar da'vogarlik qilmoqda.

"Chelsi" rahbariyati esa futbolchini sotib yubormoqchi emas. Uni ijaraga berishga tayyor turishibdi. Ayni damda Sarri ham u asosiy tarkibga kira olmasligini tushunib, futbolchi tajriba to'plashi uchun ijaraga ketkazib yuborishga rozi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe