"Chelsi" Gilmor bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
13 iyun 2022, 18:25
"Chelsi" rasmiy saytida yarim himoyachi Billi Gilmor bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qilindi.

London klubi 21 yoshli xavbek bilan shartnomani ikki mavsumga uzaytirish borasidagi bandni faollashtirdi.

Gilmor 2021/22 yilgi mavsumni ijara asosida "Norvich Siti"da o'tkazdi.

Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi "Chelsi"ning asosiy jamoasida 22ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com