"Chelsi" Fransiya termasi futbolchisini bir necha haftaga yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
22 dek 2022, 10:20
O'yinchining qora kunlari davom etmoqda.

"Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana "Brentford"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida tizzasidan jarohat oldi. 

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, fransiyalik himoyachi 3-4 haftani o'tkazib yuboradi.

Etiborlisi, Fofana jarohati sabab oktyabr oyidan beri maydonga tushmayapti. U jarohat tufayli Fransiya terma jamoasining JCH-2022 uchun qaydnomasiga kiritilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano