"Chelsi" YCHL o'yinida ikki futbolchini kuzatdi

Alisher
13 dek 2019
"Chelsi" qishki transferlar oynasida hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, "ko'klar" skautlari Yevropa chempionlar ligasi doirasidagi "Lion" - "RB Leyptsig" (2:2) o'yiniga tashrif buyurishdi.

"Chelsi" bu o'yinlarda har ikki jamoadan Mussa Dembele va Timo Vernerlarni kuzatishgan.

Dembele joriy mavsum Fransiya chempionatida 16ta o'yinda 10ta gol, Verner esa Bundesligada 14ta o'yinda 15ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk