

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, London klubi niderlandiyalikka bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2027 yilga qadar shartnoma taklif qildi.
"Chelsi" shuningdek futbolchining tovon puli borasida "Barselona" bilan muzokaralar olib bormoqda. De Yongning kelajagi tez orada ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi uchun kurashdan "Manchester Yunayted" chiqdi. De Yong "qizil iblislar" safiga o'tishni xohlamadi.



