"Chelsi" "Bavariya"ga taklif bilan chiqdi

Tolibjon Qosimov
30 avg 2017, 20:57
"Chelsi" klubi transferi bekor bo'lishi mumkin deyilayotgan "Arsenal" a'zosi Aleks Oksleyd-Chemberlenga alternativ qidirmoqda.

"Bild" nashrining tasdiqlashicha, londonliklar "Bavariya"ga Rafinya borasida taklif bilan chiqishgan. 31 yoshli braziliyalikni "Bavariya"da Josua Kimmix o'zgartirishi mumkin. Transfer oynasi yopilishiga juda qisqa vaqt qolganini inobatga oladigan bo'lsak, nemislar Rafinyani qo'yib yuborishlari qiyin.

Rafinyaning shartnomasi 2018 yilning yozigacha amalda bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild