"Chelsi" "Ayaks" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
22 yanv 2022
Meksika terma jamoasi va "Ayaks" yarim himoyachisi Edson Alvares faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli xavbekka Londonning "Chelsi" klubi shartnoma taklif qilishga tayyor.

"Ko'klar" o'tishni yozgi transfer oynasida amalga oshirishga tayyorlar. Ehtimoliy transfer narxi 20 million evroni tashkil etadi.

Alvares joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. O'yinchining Amsterdam klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider