"Chelsi" 70 mln funtlik transferni amalga oshiradimi?

Alisher Ostonov
31 may 2025, 15:03
"Chelsi" "Everton" markaziy himoyachisi Jarred Brantveytni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko'ra, liverpulliklar rahbariyati Brentueyt uchun 70 million funt (83,3 million evro atrofida) miqdorida tovon puli belgilagan.

22 yoshli futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda "Everton" safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million evroga baholagan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Daily Mail