

"Chelsi" transferga 7 nafar futbolchisini qo'yish istagida. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bermoqda.
Ro'yxatga Hakim Ziesh, Kay Haverc, Kristian Pulishich, Kalidu Kulibali, Jorjino, Sezar Aspilikueta va Per-Emerik Obameyang kiritilgan.
Klub yuqoridagi barcha futbolchilarni sotish yoki ijaraga berish haqida o'ylamoqda. Aynan italiyalik futbolchi bilan mavsum oxirida tugaydigan shartnoma uzaytirilmaydi.
"Chelsi" hozirda 25 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.



