"Chelsi" 19 yoshli futbolchining transferi uchun 43 million sarflaydi

Khoja
31 iyul 2025, 10:54
"Chelsi" va "Ayaks" Yorrel Xato bo'yicha kelishuvga erishdi.

19 yoshli himoyachi uchun London klubi "Ayaks"ga 43 million evro to'laydi. Ushbu summa yana 10 million evroga ortishi mumkin. Sababi futbolchining shartnomasida bir nechta bonuslar uchun qo'shimchapullar belgilangan. Futbolchining o'zi bilan esa 2032 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. 

Ma'lumot uchun, Yorrel Xato "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Amstyerdam jamoasida safida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan yana 9 ta golga assist bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru