Chalxanogluning yangi klubi ma'lum bo'ldi

Alisher
21 iyun 2021, 17:16
"Milan" bilan shartnomasi shu oyning so'nggida yakunlanadigan turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu klub bilan shartnomani uzaytarishni rad etdi.

Bu haqda jurnalistlar Fabricio Romano va Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Xakan ertaga "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tadi va "neradzurrilar" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

"Milan" Chalxanogluga 1,5 mln evro oshirilgan maosh taklif qildi - 2,5 mlndan 4 mlngacha. "Inter" esa unga bir mavsum uchun 5 million to'laydi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Milan"ga 2017 yilda "Bayer"dan 20 million evro evaziga o'tgandi. U "rossonerilar" tarkibida 167ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 37ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia