"Inter" "Milan" yetakchilaridan biri bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
21 okt 2020, 15:43
Turkiyalik yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu "Milan"dan ketmoqchi va faoliyatini boshqa bir italyan klubida davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchiga "Inter" qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" xo'jayinlari kelasi yozda xavbekni transfer qilishmoqchi, aynan o'sha paytda uning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi.

Oldinroq xabar berilganidek, "Milan" Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo tomonlar hali kelishuvga erishishmagan.

Xakan "Milan"da 2017 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato