Rasmiy xabar: Chalxanoglu “Inter” a'zosiga aylandi

Eldor Akmurzayev
22 iyun 2021
“Milan” yarim himoyachisi Xakan Chalxanogli faoliyatini “Inter”da davom ettiradi.

U shartnomasi tugagani tufayli “rossonerilar”ni erkin agent sifatida tark etdi. 27 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi va u yiliga 5 mln evro ishlab topadi. Shuningdek, turkiyalik mavsum oxirida 1 mln evro miqdorida bonusga ega bo'lishi ham aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xakan Chalxanogli “Milan” sharafini 2017 yildan beri himoya qilib kelayotgandi. U joriy mavsum klub libosida 42 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urishga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Inter_en