

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa tarkibida o'zgarishlar bor. Ma'lum muddat yig'inda ishtirok etgan Eldor Isaboev kuni-kecha jamoa lagerini tark etgan. Aytishlaricha unga Samarqandning “Dinamo” jamoasidan taklif tushgan. Shuningdek Davlatbek Yorbekov bilan ham xayrlashildi. Jamoa safiga esa “Kosonsoy”dan Sardor Sotvoldiev kelib qo'shilgan.
Quvasoyliklar payshanba kuni Andijonda “Andijon” yoshlar jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.



