CAFA Women’s CUP U-19. O'zbekiston - Qirg'iziston 5:0

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 16:07
Toshkentda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchi qizlar o'rtasida Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi Kubogi (CAFA Women’s CUP U-19) turniri davom etmoqda.

15 - 17 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada 4 jamoa: Tojikiston, Eron, Qirg'iziston hamda O'zbekiston jamoalari qatnashmoqda.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2-turda Qirg'izistonni yirik hisobda mag'lub etishdi - 5:0. Ertaga Eron va O'zbekiston o'rtasida musobaqa chempionligi uchun bahs bo'lib o'tadi. Uchrashuv 17 oktyabr kuni soat 15:00da "Jar" stadionida boshlanadi. Barcha muxlislar o'yinga taklif etiladi, kirish bepul.

 
CAFA Women’s CUP U-19


1-tur
15 oktyabr

11:00 - Tojikiston - O'zbekiston 1:8
14:00 - Eron - Qirg'iziston 4:1

2-tur
16 oktyabr

11:00 - Tojikiston - Eron 0:6
14:00 - O'zbekiston - Qirg'iziston 5:0

3-tur
17 oktyabr

11:00 - Qirg'iziston - Tojikiston ("Jar")
15:00 - Eron - O'zbekiston ("Jar")

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia