Buxoroda futzal murabbiylari uchun Level 1 xalqaro o'quv-kurslari start oldi (foto)

Tolibjon Qosimov
28 noya 2017, 14:40
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasi hamkorligida Buxoro viloyati Kogon shahrida futzal murabbiylari uchun OFKning Level 1 xalqaro o'quv-kurslariga start berildi.

Kecha, 27 noyabr kuni boshlangan xalqaro o'quv-kurslari 2 dekabrga qadar davom etadi. Kursni OFK instruktori Avaz Maksumov hamda Furqat Xayrullaevlar olib borishmoqda, koordinator Fuzuli Xayrullaev. Ushbu xalqaro o'quv-kurslarda 20 nafar yosh murabbiy ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia