"Buxoro" - "Qo'qon-1912" 2:2. Mezbonlarga atalgan FOTOMAQOLA

4 noya 2017, 23:44
Oliy liganing 27-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan olingan eng sara fotolavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.

"Buxoro"ning umidli futbolchisi Javohir Qahramonov shubhasiz davralar oralig'ida qilingan eng foydali transferlardan biri bo'ldi.


Iqtidorli himoyachi Ergash Ismoilov chap qanotda o'z vazifasini a'lo darajada bajarish bilan bir qatorda, tezkor gol muallifiga ham aylandi.


Birinchi gol zavqi... Ismoilovni jamoadoshlari qutlamoqda.




"Buxoro"ning tezkor hujumchisi Ivan Nagaev butun o'yin davomida raqib himoyachilarini sarosimada ushlab turdi.



Alisher Sanoev zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirishga erishdi.



"Buxoro"ning ikkinchi goli muallifi Ivor Vaycer bo'ldi.


Buxorolik ishqibozlarga xursandchilik ulashilgan vaziyat.

Qahramonov odatdagidek faol.


Uchrashuv oxirlarida belgilangan penalti buxorolik futbolchilarning kayfiyatini keskin tushirib yubordi.


Uchrashuv bosh hakami Viktor Serazetdinov baribir o'z qarorini o'zgartirmadi.


Ulug'bek Baqoev shogirdlariga jangavor o'yin uchun minnatdorchilik tariqasida ularni qutlab, ruhan qo'llab-quvvatlab qo'ydi.

Foto: "Buxoro" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia