“Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2020, 16:51
5 sentyabr kuni Coca Cola Superligasi, 14-turi doirasida “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi o'tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur uchrashuv Buxoro shahridagi stadionda ta'mirlash ishlari yakuniga etmagani bois, “Buxoro” klubi iltimosiga ko'ra Toshkentdagi “Lokomotiv” stadioniga ko'chirildi. Uchrashuv avvaldan belgilanganidek, soat 18:00da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz