"Buxoro" o'z safiga ukrainalik futbolchini qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2017, 13:58
Buxoroning “Buxoro” jamoasi Toshkentda mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda.

Jamoa reja asosida mashg'ulotlarni trenajyor zalida, hamda futbol maydonida olib bormoqda. Klub o'z safiga ilk legionerni qo'shib oldi. Ukrainalik himoyachi Vladimir Baenko “Buxoro” bilan shartnoma tuzdi.

Baenko faoliyati davomida bir qator Ukraina klublarida, shu jumladan, “Gornyak” va “Dinamo Kiev” safida to'p surgan. Uning so'nggi jamoasi Ukraina premer-ligasi vakili “Zvezda” klubi sanaladi. Ushbu klub safida himoyachi asosiy tarkibdan muqim joy egallashga ulgurdi. 2017 yilda u jamoasini almashtirishga qaror qildi va “Buxoro” safiga kelib qo'shildi.

To'liq ismi: Vladimir Vladimirovich Baenko

Tug'ilgan sanasi: 1990 yil, 9 fevral (Doneck, Ukraina)

Amplua: Himoyachi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com