"Buxoro" "Navbahor" bilan o'yinni uyida o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025, 16:36
Superliga 22-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Navbahor" o'yini 20 sentyabr kuni Buxoro viloyati futbol akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi.

Avvalroq "Buxoro" futbol akademiyasining futbol maydoni Superliga bellashuvlarini qabul qilish uchun tayyorgarlik ko'rayotgani ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda viloyat hokimligi va Liga stadionni katta o'yinga tayyorlash ishlarini olib bormoqda. 

Bunga qadar klub o'z uy uchrashuvlarini turli shahar va stadionlarda o'tkazishga majbur bo'layotgandi. O'tgan davr ichida mahalliy hokimiyat Liga tomonidan qo'yilgan talablarni bosqichma-bosqich bajarishga erishdi. Endilikda "Buxoro" o'z muxlislari ko'z o'ngida to'p tepish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz