"Buxoro" kanadalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 18:26
Superliga 2-davra boshlanishi oldidan 12 iyuldan boshlab jamoamiz Toshkent shahrida tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Jamoamiz o'quv-yig'iniga ikki legioner kelib qo'shildi. Ular Kanadalik himoyachi Milovan Kapor (so'ngi klubi Belarusiyaning Gomel jamoasi) va Tojikistonlik yarim himoyachi Fatxulloev Fatxullo (so'ngi klubi Tojikistonning Istiqlol jamoasi).

Shuningdek bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bosh murabbiy Muxsin Muslimovich jamoa o'zagini shakllantirish va raqobatdosh jamoa tuzishga qattiq bel bog'lagan.

Jamoamiz kunigi ikki mahal mashg'ulotlar olib borishmoqda. Mashg'ulotlarda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilmoqda. Shuningdek, futbolchilar bilan texnik va taktik tayyorgarlik olib borilyapti. Rejaga ko'ra ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini 25 iyulga qadar davom etib, futbolchilarimiz yig'in davomida bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Unga ko'ra, 16 iyul kuni "Lokomotiv, 18 iyulda AGMK va 20 iyul kuni "Qizilqum" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Бухоро" ФК матбуот хизмати