"Buxoro" FK: "Muxlislar uchun o'ziga xos “syurpriz” bor"

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2017, 21:26
Bugun “Buxoro” jamoasi mashg'ulotlarga kirishdi.

Jamoa Buxoro shaxrida mashg'ulotlar olib bormoqda. 1 fevral kuni mashg'ulotlar Toshkentda davom ettiriladi. Toshkentdagi yig'in davomida qator nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Vadim Abramov va Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi transferlarni aynan Toshkentdagi yig'inlar davomida amalga oshiradi. Jamoa o'zagi saqlangan holda, mahoratli futbolchilar evaziga kuchaytirilishi rejalashtirilgan.

“Buxoro” PFK muxlislarning xavotirga tushmasliklarini so'raydi. Yaqin kunlar ichida jamoa transferlarda aktiv ishtirok etadi va muxlislarni o'ziga xos “syurpriz” kutayotganini ma'lum qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com