Butrageno: "Ronaldu - chempion, g'olib va dunyodagi eng yaxshi futbolchi"

Aslanov Jasurbek
28 sen 2017, 12:43
"Real"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi direktori Emilio Butrageno jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni maqtadi.

Portugaliyalik futbolchi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi bahsda (3:1) dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

"Chempionlar ligasi - juda jiddiy turnir. Ronaldu esa - chempion, g'olib va dunyoning eng yaxshi futbolchisi. "Borussiya"ga qarshi bahsda Krishtianu va Beyl "Real" uchun poydevor rolini o'ynab berishdi. Ammo umuman olganda jamoa yaxshi o'ynadi" - deydi Butrageno.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital