Buskets maoshi kamaysada, "Barsa" bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2023, 08:37
Yarim himoyachi Serxio Buskets kelasi mavsumda ham "Barselona"da qolishga tayyor.

Ma'lum bo'lishicha, u maoshi kamaysada, "Barselona" bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashga tayyor. 

U ayni paytda rahbariyatdan taklif kutmoqda. Shundan keyin u kelajagi borasida qaror qabul qiladi. 

Avvalroq unga MLS va Saudiya Arabistonidan taklif borligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Futbolchining klub bilan shartnomasi shu yil yozda o'z yakuniga etadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca