“Bunyodkor”ning 5 nafar a'zosi milliy terma jamoaga chaqirildi

Aziz Tukhtamuradov
2 iyun 2015, 16:39
8-17 iyun kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig'inini o'tkazadi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari 11 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Eron milliy terma jamoasini o'rtoqlik uchrashuvi doirasida kuch sinashadilar. Shundan so'ng, 16 iyun kuni Pxenyanda Shimoliy Koreya terma jamoasi bilan JCH-2018 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvida maydonga chiqiladi.

Ushbu uchrashuvlarga besh nafar “Bunyodkor”chi jalb etilgan. Bular: darvozabon – Akbar To'raev, himoyachi – Akmal Shorahmedov, yarim himoyachi Sardor Rashidov, darvozabonlar murabbiyi – Abdusattor Rahimov va massajchi – Abdulla Rizboev.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbunyodkor.com