"Bunyodkor" to'rt yildan buyon Qarshida "Nasaf"ga gol ura olmayapti

26 okt 2015, 03:31
Bugun oliy liganing 27-turida "Nasaf" jamoasi Qarshida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.


Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi chempionat doirasida so'nggi bor Qarshida 2010 yilda "Nasaf" darvozasini ishg'ol etgan. O'shanda Timur Kapadzening yagona goli "qaldirg'ochlar"ga uch ochkoni taqdim etgandi. Shundan so'ng "Bunyodkor" yana to'rt marotaba "Nasaf" mehmoni bo'ldi. Qarshidagi oxirgi to'rtta uchrashuvda "qaldirg'ochlar" "Nasaf" darvozasiga yo'l topa olishgani yo'q.

"Bunyodkor" safarda hali hech bir jamoa darvozasini ketma-ket 4 yildan buyon ishg'ol eta olmay qolgan payt bo'lmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia