“Bunyodkor” FK Javohir Esonqulovga sog'lik tilaydi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2017, 14:43
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi hujumchi Javohir Esonqulovni yolg'izlatib qo'ymoqchi emas.

Gap shundaki, oliy liga 16-turi doirasidagi “Dinamo” – “Metallurg” uchrashuvining 12-daqiqasida Javohir Esonqulov raqib posboni bilan to'qnashib kyetib, kutilmagan jiddiy jarohatga yo'liqdi.

Kuni kecha hujumchi shifokorlar ko'rigida bo'lib, oyog'ini operaciya qildirdi.

“Bunyodkor” FK raxbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha ishchi xodimlari jamoamiz tarbiyalanuvchisi Javohir Esonqulov jarohatidan forig' bo'lib, yashil maydonga tezroq qaytishini tilaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com