“Bunyodkor” ertaga oq libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
10 apr 2017, 13:58
“Zob-Ahan” – “Bunyodkor” bahsi oldidan jamoalar menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shulardan biri ertangi bahsda jamoalarning qanday rangli liboslarda maydonga chiqishi kelishib olindi.

Unga ko'ra, “Zob-Ahan” yashil, “Bunyodkor” oq libosda harakat qiladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi 11 aprel kuni Isfahondagi “Fuladshahr” stadionida mahalliy vaqt bilan 20:00da (Toshkentda 20:30 bo'ladi) boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com