“Bunyodkor” bugun yangi murabbiy boshchiligida yig'inga kirishadi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2019, 12:14
Ma'lumki, “qaldirg'ochlar” ustozi Mirjalol Qosimov yaqinda AGMK dan tushgan taklifni qabul qilib, “Bunyodkor” bilan do'stona ravishda xayrlashgandi.

Endilikda Toshkent jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi ko'pchilikni qiziqtirib kelmoqda. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, “Bunyodkor” bugun Shuhrat Maqsudov boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Bungacha “qaldirg'ochlar”ning yoshlar jamoasini boshqarib kelgan Shuhrat Mirusmanovichga murabbiylar shtabida Yuriy Sarkisyan, Viktor Karpenko hamda Marat Galimov yordam berishi kutilmoqda.

Jamoa tarkibida bir qator o'zgarishlar bo'lishi turgan gap. Sababi klub bilan shartnomasi yakuniga etgan futbolchilar talaygina. Shuning uchun murabbiylar bungacha boshqa jamoalarda ijara asosida o'ynagan o'yinchilarini ortga qaytarishga qaror qilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia