
Ortda qolgan 24ta tur davomida 58 ochko to'plagan Toshkentning "Bunyodkor" klubi chempionlikka juda yaqin turibdi.
Keyingi o'rinlarda turgan "Lokomotiv" va "Nasaf" hisobida 54tadan ochko bor. "Qaldirg'ochlar" so'nggi ikki turda bitta g'alabaga erishishsa beshinchi bor O'zbekiston chempioni bo'lishadi.
"Bunyodkor" oxirgi ikki o'yinni safarda "Nasaf" va "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" bu yilgi O'zbekiston kubogi finalida "Nasaf"ni engib to'rtinchi marta kubok sohibi bo'lgandi.