“Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi videosharhi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2016, 22:56
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Al-Shabab” ustidan g'alaba qozonib, guruh bosqichiga yo'llanma oldi.

O'yin taqdirini hal qilgan har ikkala gol Eldor Shomurodov tomonidan kiritildi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida Zuagi boshlagan hujumni Hamdamov davom ettirdi va u birgina pasi bilan Shomurodovni qulay vaziyatga chiqardi. Eldor yaqin masofadan darvozabonni dog'da qoldirdi.

Ikkinchi golda ham chiroyli kombinaciya tashkil qilindi. Hamdamov-Komilov tandemi raqib futbolchilarini chiroyli kombinaciya evaziga ortda qoldirishdi. Akramjonning burama uzatmasini raqib himoyachisidan ildamroq harakat qilgan Shomurodov golga aylantirdi – 2:0.

Quyidagi havolalar orqali “Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi videosharhini tomosha qilishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com