“Bunyodkor” akkreditatsiya jarayonini boshladi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017
“Bunyodkor” FK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo Chempionlar ligasi bahslari uchun akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshladi.

Xabaringiz bor, “qaldirg'ochlar” 7 fevral kuni Qatarda “Al-Jaish” klubini penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratib, 2017 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

“Bunyodkor”ning uy uchrashuvlarida o'yindan oldingi va keyingi matbuot anjumanlari, ishlash uchun qulay qilib jihozlangan media-tribuna, bellashuvga oid materiallar tarqatiladigan va qalamkashlar ishiga muvofiq taminlangan matbuot markazi, bellashuv qatnashchilari bilan bevosita suhbat qurish joyi bo'lmish mikst-zona hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 10 fevraldan 21 fevralga qadar qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o'tkazish uchun xat, 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Xujjatlar “Bunyodkor” matbuot xizmatining media@fcbunyodkor.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishingiz mumkin. Telefon: (+998 71) 230 40 59


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com