Bunu, Hakimi, Amrabat, Mazraui, Ziesh - Marokash terma jamoasining Afrika Kubogi uchun qaydnomasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
30 dek 2023, 10:49
Marokash terma jamoasi 13 yanvardan 11 fevralgacha bo'lib o'tadigan Afrika Kubogi uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Ro'yxatga 27 nafar futbolchi kiritilgan. Marokashning "F" guruhidagi raqiblari Kongo, Zambiya va Tanzaniya bo'ladi.

Darvozabonlar: Yassin Bunu (Al Hilol), Munir Muhammadi (Al Vahda Makka), Mahdi Benabid (FAR).

Himoyachilar: Ashraf Hakimi (PSJ), Muhammad Shibi (Piramids), Abdil Akbar (Alaves), Nayef Agerd (Vest Xem), Romen Sais (Al Shabab), Yunis Abdulhamid (Reyms), Shadi Riad (Betis), Nussair Mazraui (Bavariya), Yaxyo Attiyat Alla (Vidad).

Yarim himoyachilar: Salim Amalla (Valensiya), Amir Richardson (Reyms), Ussama El Azzuzi (Bolonya), Sofyan Amrabat (Manchester Yunayted), Azzedin Unai (Marsel), Bilol El Xannus (Genk).

Hujumchilar: Hakim Ziesh (Galatasaroy), Ismoil Saybari (PSV), Amin Adli (Bayer), Ayub El Kaabi (Olimpiakos), Yussuf En-Nesiri (Sevilya), Tarik Tisudalli (Gent), Amin Arit (Marsel), Abde Ezzalzuli (Betis), Sofyan Bufal (Al-Rayyan).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS