

Kun boshida “Chelsi” 33 ochko bilan jadvalda yetakchi bo'lib turgandi.
Kun o'rtasida “Liverpul” safarda “Vulverxempton” ustidan (1:0) g'alabaga erishib, ochkolarini 34 taga etkazgan holda birinchi o'ringa ko'tarildi.
Kechga borib “Manchester Siti” mehmonda “Uotford”dan (3:1) ustun keldi va 35 ochko to'plab, “aristokratlar” va “qizillar”ni quvib o'tgan holda peshqadamga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel shogirdlari bu turda hisobda oldinda borishiga qaramasdan “Vest Xem”ga (2:3) imkoniyatni boy berdi.
Shunday qilib, 4 dekabr kuni APLda yetakchilar uch marta o'zgardi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!



