Bundesliga. Xolandning dubli “Borussiya”ni mag'lubiyatdan qutqara olmadi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2021, 07:13
Bundesliga 18-turi doirasida Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi o'z maydonida Dortmundning “Borussiya”sini qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bellauvning 11-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishlariga qaramay, bo'lim o'rtlarida Erling Xolanda ketma-ket ikkita gol urib dortmundliklarni ustunligini taminlashga erishdi. Biroq, 32-daqiqada maydon egalari  oradagi farqni yo'qqa chiqarishga erishishdi.

Ikkinchi bo'limda darvozaga ikkita gol kiritildi va har ikkala golni myonxengladbaxliklar tantana qilishdi va yakunda raqibdan ustun kelishdi -4:2.

Mazkur g'alabadan keyin “Borussiya” (M) ochkolari sonini 31 taga etkazib, turnir jadvalining 4-pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, “Borussiya”(D) 29 ochko bilan beshinchi o'ringa tushib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia