Verner Bundesligadagi rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
24 may 2020, 20:00
Ayni daqiqalarda Germaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan "Maync" – "RB Leyptsig" bahsi bo'lib o'tmoqda.

Bahsning 11 hamda 48-daqiqalarida mehmonlar forvardi Timo Verner raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, uning musobaqa joriy mavsumidagi gollari soni 23taga etdi va u shaxsiy rekordini yangiladi. Verner 2016/17 yilgi mavsum Bundesligada 21ta to'p kiritishga erishgandi.

Timo to'purarlar ro'yxatida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskidan (27 gol) keyin 2-o'rinda bormoqda. Shuningdek, germaniyalik hisobida 7ta samarali uzatma ham mavjud.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru