Bundesliga. “RB Leyptsig” so'nggi daqiqalarda gol urib, “Xoffenxaym” bilan durang o'ynadi

26 fev 2019, 08:15
Germaniya chempionatining 23-turidan o'rin olgan so'nggi bellashuv bo'lib o'tdi.

Unda “RB Leyptsig” o'z maydonida “Xoffenxaym”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Avvaliga Andrey Kramarich “Xoffenxaym”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 89-daqiqada Orban gol urib, “RB Leyptsig”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

“RB Leyptsig” – “Xoffenxaym” 1:1
Gollar: 0:1 – 22 Kramarich, 1:1 – 89 Orban.
RB Leyptsig – Gulachi, Konate, Ilzanker (Adams, 46), Orban, Klostermann, Zabitcer, Demme (Kampl, 61), Laymer, Xalstenberg, Poulsen, Mateus Kunya (Ogyusten, 75).
Xoffenxaym – Baumann, Kaderjabek, Adams, Posh, Shulc, Grillich, Demirbay, Amiri (Bichakchich, 64), Joelinton (Nelson, 82), Kramarich, Belfodil (Salai, 69).
Ogohlantirish: Kaderjabek (57).

Germaniya chempionati musobaqa jadvali bilan tanishing!

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia