Bundesliga. Muammolar girdobidagi "Bavariya" o'z maydonida mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2022, 02:25
Germaniya Bundesligasining 18-turida "Bavariya" o'z maydonida Menxengladbaxning "Borussiya"siga mag'lub bo'ldi.

Ushbu bahsda "Bavariya" futbolchilarining katta qismi koronavirus yuqtirib olgani sababli ishtirok etmadi. Zaxirada esa faqatgina yosh futbolchilar bo'ldi.

Bavariya – Borussiya M 1:2

"Alyanc-Arena"

Gollar: 1:0 – 18 Levandovski, 1:1 – 27 Noyxaus, 1:2 – 31 Layner.

Bavariya – Ulrayx, Zyule, Pavar, Zabitcer, Roka (Vanner, 75), Musiala, Kimmix, Myuller, Levandovski, Gnabri, Tillman (Kopado, 75).

Borussiya M – Zommer, Layner (Xerrmann, 79), Yanchke (Bayer, 67), Ginter, Elvedi, Netc, Kramer (Benesh, 79), Noyxaus (Plea, 67), Kone, Shtindl (Tyuram, 90), Embolo.

Ogohlantirish: Shtindl (78).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia